samoviynur.blogspot.com
Maqsadimiz Faqat Ezgulik!
Qidiruv!
Saturday, 19 August 2017
Tilshunoslikdagi ”qora bozor"
O‘zi dunyoda ko‘p vaziyatlar turli sohaligiga qaramay bir xil falsafaga bo‘ysunadi. Tilshunosligimiz muammolari ham qaysidir ma’noda buni yana ko‘rsatib berdi. Men shu o‘xshashlikni anglatib bermoqchiman, holos.
Iqtisodda qora bozor tushunchasi bor. Buni oddiy dollar misolida bugun xalq tushunadi. Shunday bo‘lsada keling qora bozorni qisqacha tushunib olamiz. Qora bozor amaldagi qonuniy bozorning bir qismi hisoblanadi. Qora bozor erkin bozor qonunlariga to‘siq paydo bo‘lganda, xatolik, noqulayliklar sababli yuzaga keladi. Uni qonuniy bozor bilan uyg‘unlashtirish uchun amaldagi to‘siqlar olinib bozor talab taklifiga moslashtirilishi kerak.
http://kun.uz/uz/news/2017/08/11/kora-bozor-nega-pajdo-buladi
Endi tilshunosligimiz haqida fikrlasak, tilshunosligimizda ham shunday qora bozor shakllanganini ko‘rishimiz mumkin.
Bu bozor odnoklassnikida paydo bo‘lib, butun ijtimoiy tarmoqlarga, har qanday kompyuter yozishmalarida odatga aylandi. Bu bozorda o‘-6, sh-w, ch-4(c), ng-n ”oldi-sotti qilinadi”.
Eeey bu harflarda muammo yo‘q deyayotgan ayrim ”tilshunoslar" o‘ylab ko‘ring bu ”bozor" paydo bo‘lish asoslarini!
Bu harflarni yozishda bunday ”qora bozor" yuzaga kelishiga alifbomizdagi kamchiliklar(noqulayliklar) sabab emasmi?
Yoki ular ”o‘rgimchak to‘riga ilingan"ligi sababmi bu yerda ham. Kecha televideniyeda tilshunoslardan biri o‘ harfi bilan muammoni tan olmadi. Siz tilshunossiz, sizday hech kim bu harfni bilmaydi, ayniqsa, jurnalistlar, lekin siz ham o‘ylab ko‘ring axborot texnologiyalarida bu harf muammo bo‘lyaptimi, yo‘qmi ATda ishlamay qanday ishonch bilan rad qilyapsiz. Tushuning: ular sizga qarshi baxs qilish uchun bunday muammoni o‘ylab topgani yo‘q. Bu harf internet olamida uzbek mediasiga muammo bo‘layotgandir rostdan. Ishonch bilan rad qilishdan oldin shunday muammo bormi, muammo nimada deb qiziqib ko‘ring.
Iltimos, yoshlarni savodsizlikda ayblashdan oldin nimaga bunday ekanini o‘ylab ko‘ringlar. Men bunday ekvivalent harflarda yozganlarni oqlamayman, lekin...
Ha mayli, bu yog‘ini tan olish olmaslik sizlarga havola. Endi 2-masalaga o‘tamiz. Tanqid qildik, demak endi nimadir taklif ham qilaylik. Nima takliflar qilishim aslida tushunarli bo‘lib ham qoldi. Shunday bo‘lsada...
Qora bozor barham topishi uchun uni yuzaga keltirgan har xil to‘siqlar olib tashlanishi kerak. Muammo tug‘dirayotgan o‘, g‘, sh, ch, ng harflari hozirgi zamonga javob beradigan bir harfli muqobiliga almashtirilishi kerak. Bu ishni amalga oshirmay turib ularni savodsizga chiqarib bo‘lmaydi. Shukrki, tilshunoslar baxtiga yostiqcha klaviaturali telefonlar o‘rnini sensorli telefonlar egallashi natijasida ”4", ”6" kabi ”harflarimiz"dan birmuncha qutuldik. Oxirgi vaqtda buning o‘rniga esa ng-n muammosi paydo bo‘ldi: ”keldinmi, aytin, yozin"(keldingmi, ayting,ayting, yozing).
Unutmang: xalq doim qulayini tanlaydi! Sizlar to‘siq qo‘ysangiz ular o‘z ”bozor"larini tashkillashtiradi.
Men savodsizlikka asosiy sabab bo‘lgan maktab, litsey ona tili darsligi xatoliklari haqida yozmadim bu yerda. Bu maqola grafika bilan shug‘ullanayotganlar uchun tavsiya. Men o‘zimning va shu muammolarni yozayotganlarning fikrini, harflarni takomillashtirishimiz kerakligini, sodda tilda sizlarga asoslab berdim. Endi hulosa sizlardan...
Rahmat!
Sunday, 13 August 2017
Davlat test markaziga murojaat
2013-yil Toshkent axborot tehnologiyalari universitetida avgust imtihonlariga bir necha oygina vaqt qolganda 4-blok sifatida ingliz tili fani qõshilgandi. Õshanda imtihonga ozgina vaqt qolganda endi shu qarorni chiqarasizlarmi deganda mas'ullar hamma abituriyent bir xil holatda ekanligini, boshqalar ham sizday shu testni yechadi degan ma'noda izoh bergandi. Aslida, õsha vaqtlar imtihonlarda õyinlar õta avj olgan, korrupsiya botqog'ida edi bu ōquv muassasasining imtihonlari. Natijada ōsha yil shu yerda õqishni yillar davomida niyat qilgan nomzodlar boshqa oliygohlarga hujjat topshirgan, bu yerda saviyali topshiruvchilar va sog'lom raqobatchilar kamaygan edi.
Bu yerda ingliz tili qöshilishi juda kech va bevaqt amalga oshirilishi oqibatida bilimli abituriyentlar 4-blokka tayyorlanish uchun yetarli vaqtga ega bõlmagan, korrupsionerlarga esa yangi yõnalishni imtihondan bir kun oldin qõshsa ham farqi yōq edi. Ular qõshimcha bir õqituvchi uchun ozroq pul sarflagandilar va 4-blokni 30tadan kõp chiqarish imkoniga ega bõldilar, halol abituriyentlarga esa eng oson variant tushgan taqdirda ham 30ta atrofida yechish uchun bir yil ham kamlik qilardi.
Hozir ham aytish mumkinki, õsha yil 4-blokni 30tadan oshirganlar ichida halol kirganlari, shubxasiz, sanoqli. TATU bir avlodni yõqotgandi.
Bularni nimaga aytyapman?
Bu yildan 10-11sinflar tashkil qilinyapti va ular uchun darsliklar tayyorlanyapti. Ayrim abituriyentlar avgust õrtasidan boshlab kelgusi imtihonlarga tayyorgarlikni boshlaydi. Ularga haqli va jiddiy savol paydo bõlyapti: bu yil yangi yuqori sinf darsliklaridan savollar qõyiladimi, yõqmi?
DTM esa hali ham bu haqida rasmiy ma'lumot bergani yõq yoki hali ham bu haqida qaror qa'bul qilmagan.
Yoki doimgiday imtihonga bir necha oy qolganda tasdiqlangan darsliklar ruyhatini e'lon qilmoqchimi?
Shu ruyhatni avgust oyi oxiridan qoldirmay yoki sentabr boshidan qoldirmay e'lon qilsa maqsadga muvofiq emasmi?
Axir, tarix darsligining õzi 2013-14-15-16-yilgi nusxalari bozorlarda chiqariladi. Ularning qaysi original-u, qaysi biri asosida imtihon olinishini õquv yilining boshida e'lon qilinishiga nima tōqsinlik qiladi?
Bundan tashqari prezident Shavkat Mirziyoyev ayrim yõnalishlarda fanlardan emas, faqat ijodiy imtihon olinishini aytdi. DTM esa hali ham jim.
Õquv tizimidagi va test tizimidagi ayrim sabablarga kõra abituriyentlar tayyorgarligi kamida bir yil davom etishini hisobga olgan holda kelgusi imtihondagi asosiy õzgarishlar yil boshidan e'lon qilinishi kerak.
DTM rahbarlari shu masalani zudlik bilan kõrib chiqib qaror e'lon qilishlari kerak
!
Tuesday, 11 July 2017
Korrupsiya va loqaydlikda davom etamizmi? (Tomoshabin)
Sõnggi oylarda yurtimizda tub õzgarishlar qilishga harakatlar davom etyapti. Albatta, ish bor joyda kamchilik bõladi, lekin bu kamchiliklar kimlardir tomonidan aytilmasa, davom etaveradi.
Bugun men yana talabalik uchun davlat imtihonlarining ayrim kamchiliklari haqida yozishni lozim topdim.
Har qanday davlatning asosi ta'lim tizimiga bog'liq. Bizda esa mana necha 10 yillardan beri 1-avgust "haqiqiy bozor"ga aylanib ketyapti. Shuncha ma'muriy va qonundagi õzgarishlar, qattiq talablarga qaramay, bu yilgi imtihonlarda ham korrupsiya va loqaydlik DAVOM ETYAPTI...
5-iyul...
Bu kuni yurtimizda asosan harbiy va ichki ishlar yõnalishlarida imtihonlar õtkaziladi. Ming afsuslar bõlsinki, bu imtihon testlaridan fotolar bu yil ham chiqishda davom etdi(õtgan yillarnikidan ham kõp desa ham bõladi).
Mana 1-avgust ham yaqinlashyapti...
Hush, yana shunday davom etadimi...
Qani DTM va boshqa mas'ullarning va'dalari natijasi? Yoki ular shunchaki xõjakõrsinga aytilganmidi?
Shunday qattiq tartibda test õtadigan joylardan testlar sizib chiqishi bu yil kõpayibdi, 1-avgustdagi imtihondan nima kutaylik? Õzi nimalarga yoki kimlarga ishonib imtihon qattiq tartibda õtishiga va'da bergandingizlar. Axir, jiddiy õzgarishlarsiz bu kamchiliklarni yõqotish ilojsizligi kõrinib turibdi.
Korrupsiya asoslari aniq. Ular haqida aytmasam ham hamma biladi. DTM' ga maslahatim bor edi:
Test kuni har bir guruhga maktab va kollej õqituvchilardan nazoratchi qõyasizlar, lekin ularning ahvolini bilasizlarmi?
Ularning yarmidan kõpi(deyarli hammasi) test õtkazish tartibini umuman bilmaydi ( DTM'da yõliga ōtkazilgan konsultatsiyaga qaramay). Xonaga kirib beradigan birinchi ishi kõp yillik abituriyentni qidirish bilan boshlanadi. Chunki u test varaqalarini qanday tõldirishni abituriyentlarga mustaqil õrgata olmaydi.
Keyin ishlar ham shunga monand davom etadi. Aytim nazoratchilar telefon shpargalkalardan foydalanuvchilarni loqaydlik bilan kuzatsa, ayrimlari ularga qõlga tushmaslik uchun yordam beradi(ayrimlari pul evaziga).
Manzaralar shunday: imtihon...
Hamma bir yoki bir necha kun oldin "õta maxsus xodimlar" tomonidan muxrlab ketilgan auditoriyaga kiradi...
Xona titkilash boshlanadi...
Hamma joyga telefon yashirib ketilgan, afsuski, xonani muxrlagan "õta maxsus xodimlar" tomonidan...
Ahvol shu darajadaki, sinf shkaflarini eshiklarini mushtlab sindirib orasidan telefon olishadi...
Nazoratchi jiiiim...
Tomoshabin...
Shu joyida "õta maxsus xodimlar"ga "rahmatlar"...
Bõlajak talabalar testni telefonda gaplashib yechyapti...
Nazoratchi: Bolalar sekinroq odam kelyapti, bolalar bizniyam farzandlarimiz bor sizni tushunamiz, telefonni yashiringlar(imo-ishora bilan)...
Domla bizniyam tushuning sizniyam farzandingiz bordir. Ozroq yordam bering(10$ uzatadi)...
Domla, mazam qochyapti, shifokor chaqiring... Shifokor keladi va tashqariga chaqiradi...
Abituriyent qõlida yoki ichida test savollari bilan chiqyapti...
Nazoratchi bilsa ham jiiiim kuzatib turishga yaraydi holos...
Domla, xojatga chiqib kelay...
Faqat nazoratchi hamrohligida chiqib ketadi(aslida bunkerga)...
Nazoratchi kōrib turadi va yana jiiiim...
Test boshlanganiga yarim soat-bir soat bõldi...
Domla yechib bõldim testni, ketay ishim bor edi zarur...
Nazoratchi ruhsat berdi va u bola xonadagi 3-4ta bolaning testini ichiga solib chiqib ketdi...
Test ōrniga esa faqat muqovasi yangi ichida eski testlar tiqilgan savollar kitobchasi topshiriladi...
Nazoratchi jiiiim... (Õtgan yil eng tartibli test õtkazilgan TDYU'da kõp uchragan holatlar bular).
Eee õrgildim...
Qisqasi, DTM kuzatuvchi, nazoratchilarni imtihon kuniga qattiqroq tayyorlasin yoki boshqalarni chaqirsin. Ularning loqaydligiga chek qõysin.
(Davomi bor)
Thursday, 6 April 2017
Yangi qaror taxlili.
Armiyadan imtiyozli ballar olib kelish haqidaga qaror kimlarga foyda kimlarga zarar:
Avvalgi imtiyoz bali 61,2 ball atrofida ekanini hisobga olsak, yangi qarorda tõplagan balining 50%ini imtiyoz ekanini hisobga olsak, endi imtiyozli harbiy avvalgi balga ega bòlish uchun 122,4ball tõplashi kerak bõladi. Shunda shu 122,4 ballga imtiyozli 50%, yani 61,2 ball qöshiladi va umumiy ball 183,6 ball atrofida bõladi. Demak, bu yilgi kirish imtihonlari balli qaysi yõnalishda 183,6 ballgacha bõlsa, u yangi qaror menga foyda keltiribdi deb hisoblasa bõladi. Chunki eski tizimda imtiyozli abituriyent qancha ball yig'sa ham 61,2 ball qõshib berilardi. Ya'ni, masalan, kirish balli 150 ball bõlsa eski tizim bõyicha 90 ball yig'sa unga 61,2 ball qõshilardi va u talaba bõlardi. Yangi tizimda esa kiriah balli 50 ball bòlsayu imtiyozli abituriyent 90 ball tõplasa shu 90 ballning 50%i, ya'ni 45 ball qõshiladi va natijada u tõplagan ball 135 ballni tashkil qiladi.
Shunday qilib yangi qaror kirish balli 183, 6 ballgacha bõlganlar uchun ancha foydali;
Yangi qaror endi harbiy imtiyozga egalarning bilimi muhimroq rol õynashi bilan foydali.
Ha byudjetga harakat qiluvchilar uchun ayrim noqulayliklar tug'diradi bu qaror, lekin õzgarishlar bor.
Nima bõlganda ham bu qarorni ijobiy qa'bul qildim.
Armiyadan imtiyozli ballar olib kelish haqidaga qaror kimlarga foyda kimlarga zarar:
Avvalgi imtiyoz bali 61,2 ball atrofida ekanini hisobga olsak, yangi qarorda tõplagan balining 50%ini imtiyoz ekanini hisobga olsak, endi imtiyozli harbiy avvalgi balga ega bòlish uchun 122,4ball tõplashi kerak bõladi. Shunda shu 122,4 ballga imtiyozli 50%, yani 61,2 ball qöshiladi va umumiy ball 183,6 ball atrofida bõladi. Demak, bu yilgi kirish imtihonlari balli qaysi yõnalishda 183,6 ballgacha bõlsa, u yangi qaror menga foyda keltiribdi deb hisoblasa bõladi. Chunki eski tizimda imtiyozli abituriyent qancha ball yig'sa ham 61,2 ball qõshib berilardi. Ya'ni, masalan, kirish balli 150 ball bõlsa eski tizim bõyicha 90 ball yig'sa unga 61,2 ball qõshilardi va u talaba bõlardi. Yangi tizimda esa kiriah balli 50 ball bòlsayu imtiyozli abituriyent 90 ball tõplasa shu 90 ballning 50%i, ya'ni 45 ball qõshiladi va natijada u tõplagan ball 135 ballni tashkil qiladi.
Shunday qilib yangi qaror kirish balli 183, 6 ballgacha bõlganlar uchun ancha foydali;
Yangi qaror endi harbiy imtiyozga egalarning bilimi muhimroq rol õynashi bilan foydali.
Ha byudjetga harakat qiluvchilar uchun ayrim noqulayliklar tug'diradi bu qaror, lekin õzgarishlar bor.
Nima bõlganda ham bu qarorni ijobiy qa'bul qildim.
Wednesday, 19 October 2016
Salom yangi qadamlar
Salom hayot, salom yaqinlar, salom yangi blogsayt... deb boshladim oxiri nimadan boshlashni bilmay. Birinchi blogsaytim faqat tajriba vazifasini bajardi. Kõramiz bunisi qanday natija kõrsatar ekan. Umid qilaman, bu blogsaytim avvalgi blogsaytdek muvaffaqiyatsizlikka uchramaydi. Õzi shunaqaman yiqilaman-turaman, yiqilaman-turaman. Yana... Yana...
Muhimi, yangi zinalar sari harakat qilyapman... Muhimi, qiyin hayotga órganib qolmaslikka harakat qilyapman.
Muhimi, yangi zinalar sari harakat qilyapman... Muhimi, qiyin hayotga órganib qolmaslikka harakat qilyapman.

Bu blogsaytni yangi kuch, yangi "qanot"lar bilan yuritamiz. Menga telegram messangeridagi tanishlarim yaqindan yordam beradi deb umid qilaman. Qolganini hayot kõrsatadi. Biz esa harakat qilamiz va tomosha qilamiz. Axir bu mening hayotimning yangi seriyasi...
Film davom etadi!!!
Subscribe to:
Posts (Atom)
