Qidiruv!
Saturday, 19 August 2017
Tilshunoslikdagi ”qora bozor"
O‘zi dunyoda ko‘p vaziyatlar turli sohaligiga qaramay bir xil falsafaga bo‘ysunadi. Tilshunosligimiz muammolari ham qaysidir ma’noda buni yana ko‘rsatib berdi. Men shu o‘xshashlikni anglatib bermoqchiman, holos.
Iqtisodda qora bozor tushunchasi bor. Buni oddiy dollar misolida bugun xalq tushunadi. Shunday bo‘lsada keling qora bozorni qisqacha tushunib olamiz. Qora bozor amaldagi qonuniy bozorning bir qismi hisoblanadi. Qora bozor erkin bozor qonunlariga to‘siq paydo bo‘lganda, xatolik, noqulayliklar sababli yuzaga keladi. Uni qonuniy bozor bilan uyg‘unlashtirish uchun amaldagi to‘siqlar olinib bozor talab taklifiga moslashtirilishi kerak.
http://kun.uz/uz/news/2017/08/11/kora-bozor-nega-pajdo-buladi
Endi tilshunosligimiz haqida fikrlasak, tilshunosligimizda ham shunday qora bozor shakllanganini ko‘rishimiz mumkin.
Bu bozor odnoklassnikida paydo bo‘lib, butun ijtimoiy tarmoqlarga, har qanday kompyuter yozishmalarida odatga aylandi. Bu bozorda o‘-6, sh-w, ch-4(c), ng-n ”oldi-sotti qilinadi”.
Eeey bu harflarda muammo yo‘q deyayotgan ayrim ”tilshunoslar" o‘ylab ko‘ring bu ”bozor" paydo bo‘lish asoslarini!
Bu harflarni yozishda bunday ”qora bozor" yuzaga kelishiga alifbomizdagi kamchiliklar(noqulayliklar) sabab emasmi?
Yoki ular ”o‘rgimchak to‘riga ilingan"ligi sababmi bu yerda ham. Kecha televideniyeda tilshunoslardan biri o‘ harfi bilan muammoni tan olmadi. Siz tilshunossiz, sizday hech kim bu harfni bilmaydi, ayniqsa, jurnalistlar, lekin siz ham o‘ylab ko‘ring axborot texnologiyalarida bu harf muammo bo‘lyaptimi, yo‘qmi ATda ishlamay qanday ishonch bilan rad qilyapsiz. Tushuning: ular sizga qarshi baxs qilish uchun bunday muammoni o‘ylab topgani yo‘q. Bu harf internet olamida uzbek mediasiga muammo bo‘layotgandir rostdan. Ishonch bilan rad qilishdan oldin shunday muammo bormi, muammo nimada deb qiziqib ko‘ring.
Iltimos, yoshlarni savodsizlikda ayblashdan oldin nimaga bunday ekanini o‘ylab ko‘ringlar. Men bunday ekvivalent harflarda yozganlarni oqlamayman, lekin...
Ha mayli, bu yog‘ini tan olish olmaslik sizlarga havola. Endi 2-masalaga o‘tamiz. Tanqid qildik, demak endi nimadir taklif ham qilaylik. Nima takliflar qilishim aslida tushunarli bo‘lib ham qoldi. Shunday bo‘lsada...
Qora bozor barham topishi uchun uni yuzaga keltirgan har xil to‘siqlar olib tashlanishi kerak. Muammo tug‘dirayotgan o‘, g‘, sh, ch, ng harflari hozirgi zamonga javob beradigan bir harfli muqobiliga almashtirilishi kerak. Bu ishni amalga oshirmay turib ularni savodsizga chiqarib bo‘lmaydi. Shukrki, tilshunoslar baxtiga yostiqcha klaviaturali telefonlar o‘rnini sensorli telefonlar egallashi natijasida ”4", ”6" kabi ”harflarimiz"dan birmuncha qutuldik. Oxirgi vaqtda buning o‘rniga esa ng-n muammosi paydo bo‘ldi: ”keldinmi, aytin, yozin"(keldingmi, ayting,ayting, yozing).
Unutmang: xalq doim qulayini tanlaydi! Sizlar to‘siq qo‘ysangiz ular o‘z ”bozor"larini tashkillashtiradi.
Men savodsizlikka asosiy sabab bo‘lgan maktab, litsey ona tili darsligi xatoliklari haqida yozmadim bu yerda. Bu maqola grafika bilan shug‘ullanayotganlar uchun tavsiya. Men o‘zimning va shu muammolarni yozayotganlarning fikrini, harflarni takomillashtirishimiz kerakligini, sodda tilda sizlarga asoslab berdim. Endi hulosa sizlardan...
Rahmat!
Subscribe to:
Post Comments (Atom)
No comments:
Post a Comment