Qidiruv!

Saturday, 19 August 2017

Tilshunoslikdagi ”qora bozor"


O‘zi dunyoda ko‘p vaziyatlar turli sohaligiga qaramay bir xil falsafaga bo‘ysunadi. Tilshunosligimiz muammolari ham qaysidir ma’noda buni yana ko‘rsatib berdi. Men shu o‘xshashlikni anglatib bermoqchiman, holos.

Iqtisodda qora bozor tushunchasi bor. Buni oddiy dollar misolida bugun xalq tushunadi. Shunday bo‘lsada keling qora bozorni qisqacha tushunib olamiz. Qora bozor amaldagi qonuniy bozorning bir qismi hisoblanadi. Qora bozor erkin bozor qonunlariga to‘siq paydo bo‘lganda, xatolik, noqulayliklar sababli yuzaga keladi. Uni qonuniy bozor bilan uyg‘unlashtirish uchun amaldagi to‘siqlar olinib bozor talab taklifiga moslashtirilishi kerak.

http://kun.uz/uz/news/2017/08/11/kora-bozor-nega-pajdo-buladi

Endi tilshunosligimiz haqida fikrlasak, tilshunosligimizda ham shunday qora bozor shakllanganini ko‘rishimiz mumkin.

 Bu bozor odnoklassnikida paydo bo‘lib, butun ijtimoiy tarmoqlarga, har qanday kompyuter yozishmalarida odatga aylandi. Bu bozorda o‘-6, sh-w, ch-4(c), ng-n ”oldi-sotti qilinadi”.
Eeey bu harflarda muammo yo‘q deyayotgan ayrim ”tilshunoslar" o‘ylab ko‘ring bu ”bozor" paydo bo‘lish asoslarini!
Bu harflarni yozishda bunday ”qora bozor" yuzaga kelishiga alifbomizdagi kamchiliklar(noqulayliklar) sabab emasmi?
Yoki ular ”o‘rgimchak to‘riga ilingan"ligi sababmi bu yerda ham. Kecha televideniyeda tilshunoslardan biri o‘ harfi bilan muammoni tan olmadi. Siz tilshunossiz, sizday hech kim bu harfni bilmaydi, ayniqsa, jurnalistlar, lekin siz ham o‘ylab ko‘ring axborot texnologiyalarida bu harf muammo bo‘lyaptimi, yo‘qmi ATda ishlamay qanday ishonch bilan rad qilyapsiz. Tushuning: ular sizga qarshi baxs qilish uchun bunday muammoni o‘ylab topgani yo‘q. Bu harf internet olamida uzbek mediasiga muammo bo‘layotgandir rostdan. Ishonch bilan rad qilishdan oldin shunday muammo bormi, muammo nimada deb qiziqib ko‘ring.
Iltimos, yoshlarni savodsizlikda ayblashdan oldin nimaga bunday ekanini o‘ylab ko‘ringlar. Men bunday ekvivalent harflarda yozganlarni oqlamayman, lekin...

Ha mayli, bu yog‘ini tan olish olmaslik sizlarga havola. Endi 2-masalaga o‘tamiz. Tanqid qildik, demak endi nimadir taklif ham qilaylik. Nima takliflar qilishim aslida tushunarli bo‘lib ham qoldi. Shunday bo‘lsada...

Qora bozor barham topishi uchun uni yuzaga keltirgan har xil to‘siqlar olib tashlanishi kerak. Muammo tug‘dirayotgan o‘, g‘, sh, ch, ng harflari hozirgi zamonga javob beradigan bir harfli muqobiliga almashtirilishi kerak. Bu ishni amalga oshirmay turib ularni savodsizga chiqarib bo‘lmaydi. Shukrki, tilshunoslar baxtiga yostiqcha klaviaturali telefonlar o‘rnini sensorli telefonlar egallashi natijasida ”4", ”6" kabi ”harflarimiz"dan birmuncha qutuldik. Oxirgi vaqtda buning o‘rniga esa ng-n muammosi paydo bo‘ldi: ”keldinmi, aytin, yozin"(keldingmi, ayting,ayting, yozing).

Unutmang: xalq doim qulayini tanlaydi! Sizlar to‘siq qo‘ysangiz ular o‘z ”bozor"larini tashkillashtiradi.
Men savodsizlikka asosiy sabab bo‘lgan maktab, litsey ona tili darsligi xatoliklari haqida yozmadim bu yerda. Bu maqola grafika bilan shug‘ullanayotganlar uchun tavsiya. Men o‘zimning va shu muammolarni yozayotganlarning fikrini, harflarni takomillashtirishimiz kerakligini, sodda tilda sizlarga asoslab berdim. Endi hulosa sizlardan...
Rahmat!

Sunday, 13 August 2017

Davlat test markaziga murojaat




2013-yil Toshkent axborot tehnologiyalari universitetida avgust imtihonlariga bir necha oygina vaqt qolganda 4-blok sifatida ingliz tili fani qõshilgandi. Õshanda imtihonga ozgina vaqt qolganda endi shu qarorni chiqarasizlarmi deganda mas'ullar hamma abituriyent bir xil holatda ekanligini, boshqalar ham sizday shu testni yechadi degan ma'noda izoh bergandi. Aslida, õsha vaqtlar imtihonlarda õyinlar õta avj olgan, korrupsiya botqog'ida edi bu ōquv muassasasining imtihonlari. Natijada ōsha yil shu yerda õqishni yillar davomida niyat qilgan nomzodlar boshqa oliygohlarga hujjat topshirgan, bu yerda saviyali topshiruvchilar va sog'lom raqobatchilar kamaygan edi.
Bu yerda ingliz tili qöshilishi juda kech va bevaqt amalga oshirilishi oqibatida bilimli abituriyentlar 4-blokka tayyorlanish uchun yetarli vaqtga ega bõlmagan, korrupsionerlarga esa yangi yõnalishni imtihondan bir kun oldin qõshsa ham farqi yōq edi. Ular qõshimcha bir õqituvchi uchun ozroq pul sarflagandilar va 4-blokni 30tadan kõp chiqarish imkoniga ega bõldilar, halol abituriyentlarga esa eng oson variant tushgan taqdirda ham 30ta atrofida yechish uchun bir yil ham kamlik qilardi.
Hozir ham aytish mumkinki, õsha yil 4-blokni 30tadan oshirganlar ichida halol kirganlari, shubxasiz, sanoqli. TATU bir avlodni yõqotgandi.

Bularni nimaga aytyapman?
Bu yildan 10-11sinflar tashkil qilinyapti va ular uchun darsliklar tayyorlanyapti. Ayrim abituriyentlar avgust õrtasidan boshlab kelgusi imtihonlarga tayyorgarlikni boshlaydi. Ularga haqli va jiddiy savol paydo bõlyapti: bu yil yangi yuqori sinf darsliklaridan savollar qõyiladimi, yõqmi?
DTM esa hali ham bu haqida rasmiy ma'lumot bergani yõq yoki hali ham bu haqida qaror qa'bul qilmagan.
Yoki doimgiday imtihonga bir necha oy qolganda tasdiqlangan darsliklar ruyhatini e'lon qilmoqchimi?
Shu ruyhatni avgust oyi oxiridan qoldirmay yoki sentabr boshidan qoldirmay e'lon qilsa maqsadga muvofiq emasmi?
Axir, tarix darsligining õzi 2013-14-15-16-yilgi nusxalari bozorlarda chiqariladi. Ularning qaysi original-u, qaysi biri asosida imtihon olinishini õquv yilining boshida e'lon qilinishiga nima tōqsinlik qiladi?

Bundan tashqari prezident Shavkat Mirziyoyev ayrim yõnalishlarda fanlardan emas, faqat ijodiy imtihon olinishini aytdi. DTM esa hali ham jim.

Õquv tizimidagi va test tizimidagi ayrim sabablarga kõra abituriyentlar tayyorgarligi kamida bir yil davom etishini hisobga olgan holda kelgusi imtihondagi asosiy õzgarishlar yil boshidan e'lon qilinishi kerak.

DTM rahbarlari shu masalani zudlik bilan kõrib chiqib qaror e'lon qilishlari kerak
!