Qidiruv!
Sunday, 13 August 2017
Davlat test markaziga murojaat
2013-yil Toshkent axborot tehnologiyalari universitetida avgust imtihonlariga bir necha oygina vaqt qolganda 4-blok sifatida ingliz tili fani qõshilgandi. Õshanda imtihonga ozgina vaqt qolganda endi shu qarorni chiqarasizlarmi deganda mas'ullar hamma abituriyent bir xil holatda ekanligini, boshqalar ham sizday shu testni yechadi degan ma'noda izoh bergandi. Aslida, õsha vaqtlar imtihonlarda õyinlar õta avj olgan, korrupsiya botqog'ida edi bu ōquv muassasasining imtihonlari. Natijada ōsha yil shu yerda õqishni yillar davomida niyat qilgan nomzodlar boshqa oliygohlarga hujjat topshirgan, bu yerda saviyali topshiruvchilar va sog'lom raqobatchilar kamaygan edi.
Bu yerda ingliz tili qöshilishi juda kech va bevaqt amalga oshirilishi oqibatida bilimli abituriyentlar 4-blokka tayyorlanish uchun yetarli vaqtga ega bõlmagan, korrupsionerlarga esa yangi yõnalishni imtihondan bir kun oldin qõshsa ham farqi yōq edi. Ular qõshimcha bir õqituvchi uchun ozroq pul sarflagandilar va 4-blokni 30tadan kõp chiqarish imkoniga ega bõldilar, halol abituriyentlarga esa eng oson variant tushgan taqdirda ham 30ta atrofida yechish uchun bir yil ham kamlik qilardi.
Hozir ham aytish mumkinki, õsha yil 4-blokni 30tadan oshirganlar ichida halol kirganlari, shubxasiz, sanoqli. TATU bir avlodni yõqotgandi.
Bularni nimaga aytyapman?
Bu yildan 10-11sinflar tashkil qilinyapti va ular uchun darsliklar tayyorlanyapti. Ayrim abituriyentlar avgust õrtasidan boshlab kelgusi imtihonlarga tayyorgarlikni boshlaydi. Ularga haqli va jiddiy savol paydo bõlyapti: bu yil yangi yuqori sinf darsliklaridan savollar qõyiladimi, yõqmi?
DTM esa hali ham bu haqida rasmiy ma'lumot bergani yõq yoki hali ham bu haqida qaror qa'bul qilmagan.
Yoki doimgiday imtihonga bir necha oy qolganda tasdiqlangan darsliklar ruyhatini e'lon qilmoqchimi?
Shu ruyhatni avgust oyi oxiridan qoldirmay yoki sentabr boshidan qoldirmay e'lon qilsa maqsadga muvofiq emasmi?
Axir, tarix darsligining õzi 2013-14-15-16-yilgi nusxalari bozorlarda chiqariladi. Ularning qaysi original-u, qaysi biri asosida imtihon olinishini õquv yilining boshida e'lon qilinishiga nima tōqsinlik qiladi?
Bundan tashqari prezident Shavkat Mirziyoyev ayrim yõnalishlarda fanlardan emas, faqat ijodiy imtihon olinishini aytdi. DTM esa hali ham jim.
Õquv tizimidagi va test tizimidagi ayrim sabablarga kõra abituriyentlar tayyorgarligi kamida bir yil davom etishini hisobga olgan holda kelgusi imtihondagi asosiy õzgarishlar yil boshidan e'lon qilinishi kerak.
DTM rahbarlari shu masalani zudlik bilan kõrib chiqib qaror e'lon qilishlari kerak
!
Subscribe to:
Post Comments (Atom)
Assalomu aleykum man Javohir DTMga bir maslahatbermoqchidm DTM ijtimoiy tarmoqlarda malumotlar abituriyentlarga imkoniyatlar haqida tanishtirb bormoqda DTM test dasturini ishlab chiqishini iltmos qilmoqchidm
ReplyDeleteSalom! Muvaffaqiyatli o'yin videosi!
ReplyDeleteAfro-Osiyo kubogida O'zbekiston 1995 yilda Nigeriyaga qarshi bahs olib borgan.
https://youtu.be/w4FT6nV2YzM
Salom man dakumantini qabul bolmayap ti qabul boʻlishi uchun nima qilish shart iltimos yordam berishlarini soriyman
ReplyDelete