Qidiruv!

Tuesday, 11 July 2017

Korrupsiya va loqaydlikda davom etamizmi? (Tomoshabin)




     Sõnggi oylarda yurtimizda tub õzgarishlar qilishga harakatlar davom etyapti. Albatta, ish bor joyda kamchilik bõladi, lekin bu kamchiliklar kimlardir tomonidan aytilmasa, davom etaveradi.

    Bugun men yana talabalik uchun davlat imtihonlarining ayrim kamchiliklari haqida yozishni lozim topdim.
    Har qanday davlatning asosi ta'lim tizimiga bog'liq. Bizda esa mana necha 10 yillardan beri 1-avgust "haqiqiy bozor"ga aylanib ketyapti. Shuncha ma'muriy va qonundagi õzgarishlar, qattiq talablarga qaramay, bu yilgi imtihonlarda ham korrupsiya va loqaydlik DAVOM ETYAPTI...

5-iyul...
Bu kuni yurtimizda asosan harbiy va ichki ishlar yõnalishlarida imtihonlar õtkaziladi. Ming afsuslar bõlsinki, bu imtihon testlaridan fotolar bu yil ham chiqishda davom etdi(õtgan yillarnikidan ham kõp desa ham bõladi).
    Mana 1-avgust ham yaqinlashyapti...
    Hush, yana shunday davom etadimi...
Qani DTM va boshqa mas'ullarning va'dalari natijasi? Yoki ular shunchaki xõjakõrsinga aytilganmidi?
Shunday qattiq tartibda test õtadigan joylardan testlar sizib chiqishi bu yil kõpayibdi, 1-avgustdagi imtihondan nima kutaylik? Õzi nimalarga yoki kimlarga ishonib imtihon qattiq tartibda õtishiga va'da bergandingizlar. Axir, jiddiy õzgarishlarsiz bu kamchiliklarni yõqotish ilojsizligi kõrinib turibdi.

Korrupsiya asoslari aniq. Ular haqida aytmasam ham hamma biladi. DTM' ga maslahatim bor edi:

Test kuni har bir guruhga maktab va kollej õqituvchilardan nazoratchi qõyasizlar, lekin ularning ahvolini bilasizlarmi?
Ularning yarmidan kõpi(deyarli hammasi) test õtkazish tartibini umuman bilmaydi ( DTM'da yõliga ōtkazilgan konsultatsiyaga qaramay). Xonaga kirib beradigan birinchi ishi kõp yillik abituriyentni qidirish bilan boshlanadi. Chunki u test varaqalarini qanday tõldirishni abituriyentlarga mustaqil õrgata olmaydi.
Keyin ishlar ham shunga monand davom etadi. Aytim nazoratchilar telefon shpargalkalardan foydalanuvchilarni loqaydlik bilan kuzatsa, ayrimlari ularga qõlga tushmaslik uchun yordam beradi(ayrimlari pul evaziga).
Manzaralar shunday: imtihon...
Hamma bir yoki bir necha kun oldin "õta maxsus xodimlar" tomonidan muxrlab ketilgan auditoriyaga kiradi...
Xona titkilash boshlanadi...
Hamma joyga telefon yashirib ketilgan, afsuski, xonani muxrlagan "õta maxsus xodimlar" tomonidan...
Ahvol shu darajadaki, sinf shkaflarini eshiklarini mushtlab sindirib orasidan telefon olishadi...
Nazoratchi jiiiim...
Tomoshabin...
Shu joyida "õta maxsus xodimlar"ga "rahmatlar"...

 Bõlajak talabalar testni telefonda gaplashib yechyapti...
Nazoratchi: Bolalar sekinroq odam kelyapti, bolalar bizniyam farzandlarimiz bor sizni tushunamiz, telefonni yashiringlar(imo-ishora bilan)...
Domla bizniyam tushuning sizniyam farzandingiz bordir. Ozroq yordam bering(10$ uzatadi)...

Domla, mazam qochyapti, shifokor chaqiring... Shifokor keladi va tashqariga chaqiradi...
Abituriyent qõlida yoki ichida test savollari bilan chiqyapti...
Nazoratchi bilsa ham jiiiim kuzatib turishga yaraydi holos...
Domla, xojatga chiqib kelay...
Faqat nazoratchi hamrohligida chiqib ketadi(aslida bunkerga)...
Nazoratchi kōrib turadi va yana jiiiim...
Test boshlanganiga yarim soat-bir soat bõldi...
Domla yechib bõldim testni, ketay ishim bor edi zarur...
Nazoratchi ruhsat berdi va u bola xonadagi 3-4ta bolaning testini ichiga solib chiqib ketdi...
Test ōrniga esa faqat muqovasi yangi ichida eski testlar tiqilgan savollar kitobchasi topshiriladi...
Nazoratchi jiiiim... (Õtgan yil eng tartibli test õtkazilgan TDYU'da kõp uchragan holatlar bular).


Eee õrgildim...

Qisqasi, DTM kuzatuvchi, nazoratchilarni  imtihon kuniga qattiqroq tayyorlasin yoki boshqalarni chaqirsin. Ularning loqaydligiga chek qõysin.
(Davomi bor)

No comments:

Post a Comment